


2025-yil 12-maydan 23-mayga qadar Qozon (Rossiya Federatsiyasi) davlat universitetining professor-o‘qituvchilari Aydar Faritovich Nurullin va Darya Vecheslavovna Kulenkova Buxoro davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar institut talabalari uchun bir qator ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Ularning darslari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va interaktiv usullar asosida olib borildi.
Shuningdek, tashrif doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Ma’murov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, xususan:
🔵 professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish
🔵 yozgi maktablar tashkil etish
🔵 ilmiy-amaliy konferensiyalar va simpoziumlarni hamkorlikda o‘tkazish
🔵 o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar hamda monografiyalarni birgalikda nashr etish
🔵 xalqaro ko‘rgazmalarni tashkil qilish
Mazkur tashrif ikki tomonlama ilmiy-pedagogik hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.