Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Sasseks Universiteti professori Saymon Tompson Buxoro Davlat Pedagogika Institutida seminar o‘tkazdi.
Event Image

Buyuk Britaniyaning nufuzli Sasseks Universiteti professori Saymon Tompson Buxoro Davlat Pedagogika Institutiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida u institut talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun mazmunli hamda foydali workshop (seminar-trening) tashkil etdi.

Tadbir davomida professor Tompson Sasseks Universitetida ta’lim jarayonlari, o‘quv tizimi, kredit-modul tizimi hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Uchrashuv interaktiv ruhda o‘tdi — ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, o‘zaro fikr almashildi va mavzu yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Seminarda Buxoro Davlat Pedagogika Institutining barcha fakultetlaridan professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etishdi. Mazkur workshop institutda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy tajriba almashinuvi va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.