Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Buxoro davlat pedagogika instituti Faxriy professor-oʻqituvchilari soni oshdi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti kengashining 2024–2025-o‘quv yilidagi 9-yig‘ilishi qaroriga binoan pedagogika fanlari doktori, professor, Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi akademigi Uljalgas Amzeyevna Yesnazarova hamda Turkiyaning Hacettepe universiteti professori, filologiya fanlari doktori Nurettin Demirga Buxoro davlat pedagogika instituti Faxriy professori unvoni berildi. 

Soʻzga chiqqan professorlar yuksak unvondan mamnun ekanliklarini bildirishib, bundan keyin institut rivoji uchun yanada koʻproq xizmat qilishlarini ta'kidlashdi.

⚡️ Institut rahbariyati va jamoasi nomidan soʻzga chiqqan professor-oʻqituvchilar Faxriy professorlik unvoni bilan xorijlik professorlarni samimiy tabriklashib, bundan keyingi hamkorlikda qilinadigan ishlarga doimo tayyor ekanliklarini bildirishdi. 
Uljalgas Yesnazarova institut ARMiga oʻz muallifligidagi kitoblarni topshirdi. 
Shuningdek, xorijlik professorlarga institut esdalik sovgʻalari berildi.