
Buxoro viloyat hokimining o‘rinbosari B.Adilov, Buxoro davlat pedagogika instituti rektori B.Ma’murov, Buxoro viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i H.Elliyev hamda institutning malakali mutaxassislaridan iborat ishchi guruh viloyatning olis hududlarida faoliyat olib borayotgan umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida bo‘ldilar.
Xususan, maktablarda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonlarini mahalla va keng jamoatchilik vakillari, oliy ta'lim bilan hamkorlikda uzviy tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Ishchi guruh tomonidan Romitan tumanining Qizilrabot aholi punktidagi 38, 39-umumta’lim maktablari, 31-maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda Peshko‘ tumanining Jongeldi aholi punktidagi 24, 25-umumta’lim maktablari va 33-maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasi, bolalar va o‘quvchilar bilan olib borilayotgan ta’lim va tarbiya jarayonlarining sifati, mavjud muammolarni o‘rganildi.
Shuningdek ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari, pedagoglari hamda o‘quvchilar bilan uchrashib ularning takliflari tinglandi hamda Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari tomonidan umumta’lim maktablarining boshlang‘ich ta’lim, biologiya, matematika va ingliz tili fanlaridan dars mashg‘ulotlari o‘tib berildi.
Tashrif yakunida olis cho‘l hududlarida faoliyat olib borayotgan ta’lim muassasalarining ta’lim va tarbiya jarayonlarining sifatini yanada oshirish, muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha hamkorlikdagi yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.
📚 BuxDPI ta’lim taraqqiyotining ajralmas bo‘g‘ini sifatida islohotlarni amaliyotga tatbiq etishda davom etadi!
 
                                     
                                    
