Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • BuxDPIda IELTS sertifikati bo‘yicha maxsus seminar bo'lib o'tdi
Event Image

Buxoro davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabasi Mohlaroyim Yaxyoyeva, xalqaro IELTS imtihonida 8.5 ball natijani qo‘lga kiritgan edi.

Bugun iqtidorli talaba tomonidan maxsus seminar tashkil etildi. Seminarda yuqori natijaga erishishdagi shaxsiy tajribalari va motivatsiyasi, IELTS imtihoniga psixologik tayyorgarlik va vaqtni to‘g‘ri boshqarish bo‘yicha tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur seminarda kafedra o‘qituvchilari va xalqaro IELTS sertifikatini olish niyatidagi talaba-yoshlar ishtirok etishdi.