Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Yoshlar jamiyatimizni rivojlantiruvchi kuchdir
Event Image

Bugungi kun barchamizdan ommaviy axborot vositalari, internet vositalaridan faol foydalanishimizni talab qiladi. Ijtimoiy tarmoqlar bizni jamiyat bilan yaqinlashtiruvchi, yurtimizda boʻlayotgan oʻzgarishlar va yangiliklardan xabardor qiluvchi boʻgʻin sifatida shakllangan. Mamlakatimizda ta'lim sohasiga oid xabar va yangiliklarni birinchilardan boʻlib aniq va shaffof yoritishda yetakchi boʻlgan "Oliy ta'lim yangiliklari va yutuqlari" kanali jamoasi bugun Buxoro davlat pedagogika institutida boʻlishdi. 

Institut talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar va institutning "Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari bilan uchrashishdi. Yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, kelajakdagi reja va maqsadlar muhokama qilindi. Talabalarning taklif-mulohazalari va tashabbuslari tinglandi.