


Buxoro davlat pedagogika instituti rektorining 2025-yil 23-maydagi 279-U-sonli buyrug‘i asosida, quyidagilar ma’lum qilinadi:
2025-yil 24-may kuni soat 09:00 dan boshlab institutning 112 va 114-xonalarida mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihonlar o‘tkaziladi.
Ushbu imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli, 2020-yil 6-noyabrdagi 969-sonli qarorlari, shuningdek Oliy attestatsiya komissiyasining tegishli nizomlari asosida tashkil etilmoqda.
13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
Imtihonlar “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ning 21-bandiga muvofiq tashkil etiladi.
Talabgorlar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan belgilangan vaqtda imtihon joyida bo‘lishlari shart.
Imtihonlar shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
📍 Imtihon manzili: Buxoro davlat pedagogika instituti, 112 va 114-xonalar
🗓️ Imtihon sanasi: 2025-yil 24-may
🕘 Boshlanish vaqti: Soat 09:00
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash bo‘limi Buxoro davlat pedagogika instituti