Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Mirzo Ulugʻbek vorislari Respublika tanlovi
Event Image

Iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash      maqsadida joriy yilning fevral-may oylarida “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovi oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.Mazkur qarorda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovining birinchi bosqichi mart oyida tuman (shahar)lar, ikkinchi bosqichi aprel oyida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida, may oyida Respublika miqyosida oʻtkazilishi belgilangan. Maʼlumot uchun: Mazkur tanlovda o‘zining ilmiy g‘oyalari, innovatsion ishlanmalari hamda ratsionalizatorlik takliflari mavjud 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

 

Tanlovning 1-bosqichi (tumanlar/shaharlar bosqichi)da jami 5 nafardan g‘oliblar, 2-bosqichi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahri)da jami 20 nafardan g‘oliblar aniqlanib,                                                 ularga mos ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 5,10 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.Tanlovning Respublika bosqichiga har bir hududdan 20 nafardan, jami 280 nafar ishtirokchi qatnashib, ular orasidan 100 nafari g‘olib deb topiladi va bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, tanlovning hududiy bosqichlarini oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan, respublika bosqichini o‘tkazish va g‘oliblarini taqdirlash bilan bog‘liq xarajatlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab qoplanishi belgilab berilgan.