Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • Hokim va yoshlar – ochiq muloqot, amaliy yechimlar.
Event Image

Buxoro tumani hokimi Anvar Ochilov ishtirokida “Hokim va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Mazkur tadbirda institutning bitiruvchi bosqich talabalari faol ishtirok etishdi.

Uchrashuv doirasida talabalarning bandligi, ish bilan ta’minlanish masalalari, jamiyatdagi faolligi va tashabbuslari keng muhokama qilindi.

🇺🇿 Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: Yoshlarga e’tibor – kelajakka e’tibordir. Har bir yoshning hayotda o‘z o‘rnini topishi, orzu-maqsadlariga yetishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish – bu bizning burchimiz!

✔️ Tadbir davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
🔴Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash choralari
🔴Ishga joylashish bo‘yicha taklif va yo‘nalishlar
🔴Yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari.

☄️ Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, kelajak rejalarini aniqlashtirish hamda jamiyatdagi ishtirokini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tadbirda ishtirok etgan barcha bitiruvchilar faol qatnashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.