Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

Event Image

Hozirda Buxoro Davlat Pedagogika Instituti tayanch doktoranti Ikramova Billura Muxamadovna Romitan tumani 38-maktab ingliz tili o‘qituvchisi. Olis hududlarda qizlar uchun mentorlik loyihasi tashabbusini amalga oshirmoqda. Ushbu loyiha qizlarni ma’naviy va amaliy qo‘llab-quvvatlash, ularni muvaffaqiyatga yetaklashni maqsad qiladi. O‘zbekistonning ta’lim va ijtimoiy hayotini yaxshilashga hissasini qo‘shmoqda. Kelajakda dunyoning TOP-100 universitetlaridan birida ilmiy faoliyatni davom ettirishni maqsad qilgan. 2022-yilda AQSHdagi "Ta’limdagi Ayollar Liderligi Simpoziumi" (Women in Educational Leadership Symposium) xalqaro simpoziumida spiker bo‘lgan. 2023-yilda Marokashdagi "Xalqaro Yoshlar Konvensiyasi" (Global Youth Convention) xalqaro spikeri bo‘lgan. University of Readingda olib borgan "O‘quvchiga markazlashgan ta'lim" tadqiqoti respublikada hamda ilmiy tadqiqotlar sohasida yangi yondashuv bo‘lgani uchun yangilik sifatida e’tirof etilgan. Universitet bu ilmiy yangilik aynan ularning oliygohidan chiqqani uchun faxrlanishini bildirgan hamda ushbu tadqiqot natijalarini ilmiy maqola sifatida chop etish va doktorantura bosqichini aynan University of Readingda 2023-2024 yil El-yurt Umidi jamg‘armasi stipendiyasi sovrindori. TOP-300 universitetlari qatoriga kiruvchi Buyuk Britaniyaning Reading Universiteti magistratura dasturini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 2022-yilda AQSh elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan Fulbright TEA dasturi doirasida Appalachian Davlat Universitetida chet tillarni o‘qitish bo‘yicha malaka oshirgan. 2020-2023-yillarda ESN loyihasi doirasida chet tillarni o‘qitishni takomillashtirish dasturida trener sifatida ishlagan. Bir qator xalqaro sertifikatlar sohibasi, jumladan TESOL, ESOL va IELTS (C1). 2024-yilda AQSh elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan grant loyihalari bo‘yicha menejer sifatida faoliyat olib borgan. Toshkent, Buxoro va Farg‘onadagi 112 nafar qatnashchiga ta’lim va boshqa ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha grant takliflarini yozishni o‘rgatish uchun seminarlar tashkil qilishda faol ishtirok etgan. Loyihaning 6 oydan keyingi monitoringi natijasida bir qancha muvaffaqiyatli grantlar moliyalashtirilgan. 21 nafar shaxs yoki guruh grantlar qo‘lga kiritib, umumiy miqdori O‘n ikki milliard sakkiz yuz to‘qson besh million so‘mni tashkil qilgan. Loyihaning samaradorligi sababli 2025-yilda Qarshi, Andijon va Nukusda grant takliflarini yozish bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi. 2022-yilda TESOL metodologiyasiga asoslangan mashg‘ulotlar uslubiy qo‘llanmasi respublika miqyosida ommalashtirilgan. 2022-yilda Xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.