


Buxoro davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” tashabbusining ikkinchi kuni talabalar faol ishtirokida sermazmun va samarali tarzda o‘tkazildi. Rejalashtirilgan loyihalar doirasida mashg‘ulotlar boshlandi va talabalar faolligi, ularning tashabbuskorligi yaqqol ko‘zga tashlandi.
✔️Bugun quyidagi loyihalar doirasida amaliy ishlar amalga oshirildi:
🔴Qizlar akademiyasi – Shaxsiy rivojlanish va ma’naviy tarbiya yo‘nalishida dastlabki seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi.
🔴Mutolaa marafoni – Talabalar o‘rtasida kitob taqdimotlari o‘tkazilib, o‘qilgan asarlar yuzasidan fikr almashildi.
🔴Speaking Club – Ingliz tilida erkin muloqotga qaratilgan interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
☄️ Har bir loyiha ishtirokchilari loyiha maqsadi, asosiy vazifalari va kutilyotgan natijalar bilan tanishtirildi. Talabalar tomonidan bildirilgan tashabbuslar va faol ishtirok loyihalarning yanada samarali davom etishiga zamin yaratmoqda.