


Hurmatli talabalar,Institut bosh binosining 103-xonasida tashkil etilgan “Registrator ofisi” quyidagi kabi vazifalarni bajaradi hamda hamisha murojaatchilarga yordam berishga tayyor:
✔️ Grantlar va tanlovlar haqida ma'lumot berish;
✔️ Ilmiy konferensiyalar haqida ma'lumot berish;
✔️ Innovatsion g‘oya va startaplarni ro‘yxatdan o‘tkazishga yordam berish;
✔️ Talabalarga nomdor stipendiyalar haqida ma'lumot berish;
✔️ Turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari bo‘yicha ma'lumotlarni taqdim etish;
✔️ Oʻqishga qabul qilingan xorijiy talabalarni elektron tizimda ro‘yxatga olish va fanlarga biriktirish;
✔️ Dars jadvallari haqida ma'lumot taqdim etish;
✔️ Qayta o‘qish uchun fan guruhlariga ariza yuborishga yordam berish;
✔️ Joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar to‘g‘risida talabalarga ma'lumot taqdim etish;
✔️ Sirtqi va masofaviy ta'lim shaklida o‘qiyotgan talabalar uchun chaqiruv qog‘ozini shakllantirish;
✔️ Akademik ma'lumotnoma va transkript berish;
✔️ Imtihonlar ro‘yxatini taqdim etish;
✔️ O‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga yordam berish;
✔️ Talaba guvohnomasi hamda turar joyi guvohnomasini yaratish va taqdim etish;
✔️ Talabaga o‘zining GPA ko‘rsatkichi haqida ma'lumotnoma taqdim etish;
✔️ Talabalarning parolini tiklash;
✔️ Talabalarga tibbiy sug‘urta olish uchun yordam berish;
✔️ O‘qishga qabul va o‘qishni ko‘chirish yuzasidan konsultatsiya berish;
✔️ Oliy ta'lim muassasasida mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida ma'lumot berish;
✔️ Akademik qarzdor talabalarni aniqlash hamda ular bilan ishlash;
✔️ Talabalarga yotoqxonalarga joylashish uchun ariza berishga yordam berish;
✔️ Ishga joylashgan bitiruvchilar haqida ma'lumot kiritish va olish;
✔️ To‘lov-shartnoma summasini belgilash, hisoblash va taqdim etish;
✔️ Akademik qarzdor talabalar uchun qayta o‘zlashtirish miqdorlarini belgilash va tasdiqlash.