Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

Event Image

Institutimizning bitiruvchi yoshlari siz “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika”, “Informatika va axborot texnologiyalari” yo'nalishida tahsil olayotgan bitiruvchi bosqich talabalar diqqatiga!   

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 13-maydagi 174-sonli buyrug‘i asosida, oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida quyidagi yo‘nalishlarda Respublika fan olimpiadasi tashkil etilmoqda:

🔬 Kimyo
🧬 Biologiya
⚛️ Fizika
💻 Informatika va axborot texnologiyalari

Siz ham iqtidorli talabalar safida bo‘lishni istaysizmi? Unda Buxoro davlat pedagogika instituti nomidan ushbu nufuzli olimpiadada ishtirok etish imkoniyatini boy bermang!

✅Olipiadaning institut bosqichi ya'ni saralash jarayoni  2025-yil 22-may kuni tashkil etilishi munosabati bilan olimpiadada  ishtirok etmoqchi bo'lgan nomzodlar 2025-yil 21-mayga qadar  quyidagi manzilga murojaat qilishlari so‘raladi:
✔️Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi
✔️ Murojaat uchun: +998948638448

🖥 Ro‘yhatdan o‘tish uchun havola:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfzMIlc5a3JLiDVyStJnl-_TrUMuevHd-Fo0s55nsexHMqQlQ/viewform?usp=header