


Buxoro viloyati hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Hafiza Artikova Buxoro davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi. U 2024–2025 o‘quv yilidagi institut kengashining 9-yig‘ilishida ishtirok etdi.
✔️ Uchrashuv davomida Hafiza Artikova institutda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak baholadi. Jumladan, ta’lim sifatini oshirish, talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, shuningdek, institut hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari haqida ijobiy fikr bildirdi. Bu tashabbus va ishlar Buxoro davlat pedagogika institutining taraqqiyotiga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, hozirda Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalariga dars berish uchun tashrif buyurgan pedagogika fanlari doktori, professor, Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasi akademigi Uljalgas Amzeyevna Yesnazarovaning ilmiy-pedagogik faoliyati e’tirof etildi. Hafiza Artikova institut rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun professor Yesnazarovaga chuqur minnatdorlik bildirdi.