
Bugun Buxoro davlat pedagogika institutiga mashhur turkolog olim, Michigan universiteti professori Temur Xo‘ja Usmonxo‘ja o‘g‘li hamda UNESCOning Madaniy diplomatiya, boshqaruv va ta’lim yo‘nalishi rahbari, Anatolia Tech kompaniyasining bosh ijrochi direktori Selin Shenojak tashrif buyurib, institut faoliyati, ta’lim tizimi va ilmiy yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar institut jamoasi bilan suhbatda Buxoro pedagogika maktabining boy tarixiy merosi, hozirgi kundagi ilmiy-tadqiqot ishlari va kelajak rejalari haqida ma’lumot oldilar. Shuningdek, professorlar institut o‘quv auditoriyalari, jadidlar markazi, laboratoriya va ilmiy markazlarni ko‘zdan kechirdilar. Tashrif doirasida o‘tkazilgan samimiy suhbat va muloqotlarda ta'limga berilayotgan eʼtibor, ilmiy va amaliy loyihalarni birgalikda bajarish, institutda UNESCOning Ta'lim boʻyicha filialini ochish, o‘zaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
☄️ Bunday tashriflar institut hayotida muhim voqea bo‘lib, yosh avlodning ilmiy salohiyatini oshirish, ularni milliy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

