


Buxoro davlat pedagogika institutida 1-kurs talabalarga ichki tartib-qoidalar tushuntirildi
Buxoro davlat pedagogika institutida 1-kurs talabalari uchun institut ichki tartib-qoidalari bo‘yicha tanishtiruv tadbiri o‘tkazilmoqda. Unda talabalarga darslarga qatnashish, kiyinish madaniyati, ta’lim muassasasi hududida o‘zini tutish qoidalari hamda intizomiy talablar batafsil tushuntirildi.
🔹 Tadbir institut professor-o‘qituvchilari hamda institut profilaktika inspektori ishtirokida o‘tkazilib, talabalarga huquqiy savodxonlikni oshirish, jinoyatchilikning oldini olish, yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash masalalari yuzasidan ham kerakli tavsiyalar berildi.
📖 Mazkur uchrashuv talabalarning institut hayotiga tezroq moslashishiga, mas’uliyatni his etishiga va o‘z o‘rnini topishiga xizmat qiladi.