Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

  • Bosh sahifa
  • YANGI O‘ZBEKISTONNI JISMONAN SOG‘LOM VA BARKAMOL XALQ BILAN QURAMIZ.
Event Image

YANGI O‘ZBEKISTONNI JISMONAN SOG‘LOM VA BARKAMOL XALQ BILAN QURAMIZ.

Mamlakatimizda «Inson qadri va manfaatlari uchun» tamoyili asosida huquqiy, dunyoviy, demokratik va ijtimoiy davlat bo‘lmish Yangi O‘zbekistonni qurish siyosati amalga oshirilayotgan ekan, asosiy e’tibor xalqning farovon hayot kechirishi, sog‘lom turmush tarzini olib borish uchun munosib sharoitlarning yaratilishi esa ularning joriy imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanib,  xalqning jamiyatda va oilada munosib ravishda hayot tarzining farovonlashuviga olib keladi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev 2028-yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni kuchaytirish, ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish masalasini ilgari surar ekan, birinchi navbatda katta yoshdagi insonlarning sportdagi ishtiroki sustligiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu yig‘ilishda “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6099-sonli Prezident Farmoninig davomi sifatida  quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • sportchilarni topish, saralash va tayyorlash jarayoniga raqamlashtirishni kiritish;
  • sportda inklyuziv tizimga o‘tish;
  • Toshkentda adaptiv sport fakultetini tashkil etish;
  • chet eldan ilg‘or tajribalar, grantlar jalb qilish;
  • “Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarini yuqori saviyada o‘tkazish;
  • katta yoshdagi aholining jismoniy faolligini oshirish maqsadida ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini o‘tkazish;
  • maktablarda yakka kurash va jamoaviy yakkakurash sport turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish;
  • talabalar o‘rtasida sportga havasni kuchaytirish, qamrovini oshirish;
  • aholining to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilishiga undash va hokazo.

          Ushbu vazifalarni amalga oshirishning eng samarali va maqbul strategik loyihalari ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy qilinadi. Shuningdek, yiliga ikki marta hududlarda olimpiya sport turlari bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalar tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Tuman va viloyat sovrindorlarini hokimlar rag‘batlantirib boradi. Viloyat bosqichi g‘oliblari har yili dekabrda Olimpiya shaharchasida o‘tkaziladigan “Prezident Olimpiadasi”da ishtirok etadi. Musobaqa g‘oliblari uy, avtomobil kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Birinchi va ikkinchi o‘rinni olgan sportchilar Respublika olimpiya va paralimpiya markaziga qabul qilinadi. Bunda, 1-2 kurs o‘quvchilariga stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi. 

Aholining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirishning asosiy shartlaridan biri bu jismoniy tarbiya va ommaviy sportni keng rarg‘ib qilish orqali xalqning sog‘ligini himoya qilish va mustahkamlashdir. Zero, jismonan sog‘lom, intellektual rivojlangan shaxs jamiyatda o‘z o‘rnini topa oladi va jamiyat rivoji uchun o‘z hissasini qo‘shadi.  Shunday ekan aholining sog‘ligini yaxshilash maqsadida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tizimli va sifatli olib borish, to‘garaklar tashkil etish davr talabiga aylangani hech kimga sir emas. Ayniqsa, sport bilan shug‘ullanishni yoshlik chog‘idan jismoniy talabga aylantirish biz mutaxassislarning qo‘lida deb o‘ylayman. Fiziologiya nuqtai-nazaridan inson organizmiga xilma-xil sport turlari ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: fitnes, sheyping, yengil atletika, voleybol, basketbol, gimnastika, suzish va boshqa sport mashg‘ulotlari. Azal-azaldan keng rivojlanib va tarqalib kelgan, aholining sevimli  bo‘lmish ushbu sport turlari millat genofondini shakllantirish, sog‘lom-barkamol avlodni tarbiyalash qudratiga ega kafolatli vosita sifatida hukumat tashabbusi bilan mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida taraqqiy ettirilgan. Bugungi kunga kelib Respublikamizning barcha mintaqalarida, hatto qishloq hududlarida ham minglab xalqaro standartlarga mos sport inshootlari xalqimiz, o‘quvchi – yoshlarimiz, ayniqsa xotin-qizlarimiz sog‘ligini mustahkamlash, ularning jismoniy imkoniyatlarini shakllantirish yo‘lida xizmat ko‘rsatmoqda. Boshqacha qilib aytganda, jismoniy tarbiya va ommaviy sport borgan sari fuqarolarimiz, ayniqsa ulg‘ayib kelayotgan yoshlarimizning kundalik ehtiyojiga aylanib bormoqda. Ko‘plab ilmiy-tadqiqot natijalariga asoslangan mutaxassis-olimlarning fikriga ko‘ra, yuksak mahoratli, iste’dodli va raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash aynan ommaviy sport asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz prezidenti qabul qilgan farmon va qarorlarda ommaviy va professional sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. G‘urur bilan tan olish lozimki, Yurtboshimiz Olimpiya va  Paralimpiya sport turlarini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda.

 

BuxDPI Jismoniy madaniyat fakulteti dekan o‘rinbosari p.f.f.d.(Phd), dotsent                                                      Muzafarova Feruza Baxridinovna.