Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Yangilik haqida

Event Image

9-may – Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi, institut rektori Bahodir Ma'murov boshchiligida, yurtimiz taraqqiyoti, yosh avlod tarbiyasi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan faxriy ustozlar xonadonlarida bo‘lishdi.

☄️ Ushbu tashriflar davomida ustozlarimizning holidan xabar olindi, samimiy suhbatlar o‘tkazildi, ularning hayotiy tajribalari, ustozlik maktabi haqidagi qimmatli fikr-mulohazalari tinglandi. Har bir uchrashuvda nuroniylarimizning ko‘zlarida shukronalik, qalblarida yurtga muhabbat, yoshlarga ishonch balq urib turibdi.
Bu kabi tashabbuslar – ilm, tarbiya va ma’naviyat yo‘lida umrini bag‘ishlagan insonlarga hurmat ifodasi, yoshlarga esa namunadir. Qadrli ustozlarimiz – sizlar bergan saboqlar, o‘rgatgan bilimlar, aytgan nasihatlar bugungi kunda ham dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q. Sizlarning mehnatingiz – yurt taraqqiyotiga qo‘shilgan beqiyos hissadir.