

Buxoro davlat pedagogika institutining 2026/2027-o‘quv yili uchun Musiqa ta'limi yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari e'lon qilindi.
Abituriyentlar o‘z natijalarini ijodiy.buxdpi.uz sayti orqali JShShIR (PINFL) raqamlarini kiritgan holda bilishlari mumkin.
🌐 Natijalarni ko‘rish: https://ijodiy.buxdpi.uz
Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalaridan norozi bo‘lgan abituriyentlarning arizalari natijalar e'lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida qabul qilinadi.
Arizalar quyidagi manzilda qabul qilinadi:
📍 Buxoro davlat pedagogika instituti bosh binosi
Buxoro davlat pedagogika instituti barcha abituriyentlarga kelgusidagi o‘qish va faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaydi.
Kalit so'zlar: BuxDPI, Musiqa ta'limi, kasbiy imtihon natijalari, ijodiy imtihon, 2026 qabul, ijodiy.buxdpi.uz