(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar muvaffaqiyatli yakunlandi

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar muvaffaqiyatli yakunlandi

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar muvaffaqiyatli yakunlandi

Buxoro davlat pedagogika institutida 2026/2027-o'quv yili qabuli doirasida quyidagi ta'lim yo'nalishlari bo'yicha tashkil etilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o'z nihoyasiga yetdi:

  • Jismoniy madaniyat
  • Musiqa ta'limi
  • Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi
  • Chaqiriqqacha harbiy ta'lim

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan tartib va me'yoriy talablar asosida, ochiqlik, shaffoflik hamda adolat tamoyillariga qat'iy rioya etilgan holda tashkil etildi. Imtihon jarayonlarida abituriyentlarning bilim, iste'dod, amaliy ko'nikma va kasbiy salohiyati xolis baholandi.

Institut jamoasi barcha abituriyentlarga imtihonlarda faol ishtirok etganliklari uchun minnatdorlik bildiradi hamda ularga kelgusi tanlov bosqichlari va ta'lim yo'lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Barchangizga omad va zafarlar yor bo'lsin!