shape
shape

Buxoro davlat pedagogika institutida Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi

  • Главная
  • Приём
  • Buxoro davlat pedagogika institutida Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi
Buxoro davlat pedagogika institutida Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi

Buxoro davlat pedagogika institutida Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi

👍 Ayni damda Buxoro davlat pedagogika institutida Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

🔘 Mazkur imtihonlar nomzodlarning jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi, tezkorligi hamda harbiy ta’lim yo‘nalishida tahsil olishga munosib salohiyatini aniqlashga qaratilgan. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi yuksak intizom, mas’uliyat, qat’iyat va ma’naviy-irodaviy tayyorgarlikni talab etuvchi muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar shaffoflik va adolat tamoyillari asosida, malakali professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari ishtirokida tashkil etilmoqda.

📍 Imtihonlar Buxoro shahridagi Sitora sport maydonida davom etib, jarayonni yuqori saviyada tashkil etish, ishtirokchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, shuningdek, ota-onalar hamda keng jamoatchilik uchun ochiqlikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

▶️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning borishini quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin:
🔗 camera.buxdpi.uz

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

📱 Telegram |🌐 Veb-sayt |📱 Facebook | 📱 Instagram | 📱 You tube