shape
shape

Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

  • Главная
  • Приём
  • Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda
Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

👍 Ayni damda Buxoro davlat pedagogika instituti Harbiy ta’lim fakulteti binosida Chaqiriqqacha harbiy ta’lim yo‘nalishiga abituriyentlarni qabul qilish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarning navbatdagi bosqichlari o‘tkazilmoqda.

➡️Jarayonda abituriyentlar otish tayyorgarligi yo‘nalishida pnevmatik miltiqdan nishonga aniq otish mashqini bajarish orqali baholanmoqda. Shuningdek, CHQBT dasturi bo‘yicha test sinovlari orqali ularning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan nazariy bilimlari sinovdan o‘tkazilmoqda.

✅ Imtihon jarayonlari ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida to‘liq kuzatuv xonalarda tashkil etilgan bo‘lib, sinovlar to‘g‘ridan to‘g‘ri jonli efir orqali translatsiya qilinmoqda. Shu bilan birga, abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun qulay va tartibli sharoitlar yaratilgan.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning adolatli, shaffof va belgilangan mezonlar asosida o‘tkazilishi qabul jarayonining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

▶️ Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning borishini quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin:
🔗 camera.buxdpi.uz