(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

EMPOWER LOYIHASI BITIRUVCHILARINING YANGI MUVAFFAQIYATLARI

EMPOWER LOYIHASI BITIRUVCHILARINING YANGI MUVAFFAQIYATLARI

EMPOWER LOYIHASI BITIRUVCHILARINING YANGI MUVAFFAQIYATLARI

Erasmus+ EMPOWER loyihasi doirasida amalga oshirilgan trening va amaliy mashg‘ulotlar ishtirokchilarga yangi bilim va ko‘nikmalar bilan bir qatorda, o‘z biznes g‘oyalarini shakllantirish va ularni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatini bermoqda.

Loyihamizning faol va tashabbuskor bitiruvchilari tomonidan amalga oshirilayotgan yangi tadbirkorlik tashabbuslari buning yaqqol namunasidir.

📌 Abdullayeva Sitorabonu Shodmon qizi — ingliz tili o‘qituvchisi va EMPOWER loyihasi bitiruvchisi.

22 yoshli Sitorabonu o‘z bilim va tajribasini yangi imkoniyatlarga aylantirib, ingliz tili kurslarini tashkil etdi. Ushbu tashabbus orqali u nafaqat yoshlarning ingliz tilini o‘rganishiga va bilimlarini rivojlantirishiga ko‘maklashmoqda, balki o‘zi uchun qo‘shimcha daromad manbaini ham yaratmoqda.

💡 Sitorabonuning faoliyati shuni ko‘rsatadiki, o‘z bilim va ko‘nikmalariga tayangan holda ham tadbirkorlikni boshlash, kasbiy salohiyatni rivojlantirish va moliyaviy mustaqillik sari dadil qadam tashlash mumkin.

 EMPOWER loyihasining asosiy maqsadlaridan biri ham aynan shunday natijalarga erishish — ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish va o‘z g‘oyalarini amaliy faoliyatga aylantirishda ularni qo‘llab-quvvatlashdir.

💐 Sitorabonuni ushbu quvonchli natijasi bilan tabriklaymiz! Uning ta’lim sohasidagi tashabbusi yanada rivojlanib, ko‘plab yoshlarning bilim olishi va kelajakdagi muvaffaqiyatlariga xizmat qilishini tilaymiz.

💜 Erasmus+ EMPOWER — bilimni imkoniyatga, g‘oyani tashabbusga, tashabbusni esa real natijaga aylantiramiz!

Birgalikda bilim olamiz.
Birgalikda imkoniyat yaratamiz.
Birgalikda kelajakni quramiz!

#ErasmusPlus #EMPOWERWomen #WomensEntrepreneurship #WomenEmpowerment #EnglishLanguage #Bukhara