(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

#Мнение

#Мнение

#Мнение

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar noqonuniy savdosiga qarshi kurashishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qonun imzolandi. Mazkur hujjat jamiyatni ushbu xavfli illatdan himoya qilish, ayniqsa yoshlarni turli zararli ta'sirlardan asrash hamda jinoyatchilikning zamonaviy ko'rinishlariga qarshi samarali choralar ko'rishni nazarda tutadi. Yangi qonunda narkotik vositalarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash, ushbu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish, voyaga yetmaganlar va yoshlarni giyohvandlik tahdididan himoya qilishga alohida e'tibor qaratilgan. Bu esa mamlakatimizda sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, yosh avlodning ma'naviy va jismoniy barkamolligini ta'minlash yo'lidagi muhim qadamdir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning 2026-yil 15-iyundagi giyohvandlikka qarshi kurash va narkotiklar savdosining oldini olishga qaratilgan murojaatnomasida ham ushbu masalaning dolzarbligi alohida ta'kidlandi. Unda giyohvandlikka qarshi kurash faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning emas, balki ota-onalar, mahalla faollari, ta'lim muassasalari, jamoatchilik hamda har bir fuqarolarning umumiy vazifasi ekani qayd etilgan. Darhaqiqat, bugungi kunda yoshlarni turli zararli oqimlar va illatlardan asrash, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog'lom hayot tarziga yo'naltirish har qachongidan ham muhimdir. Har birimiz atrofimizda sodir bo'layotgan voqealarga befarq bo'lmasligimiz, yoshlar tarbiyasi va kelajagi uchun mas'uliyatni chuqur his etishimiz lozim.

Institut jamoasi ham mamlakatimizda olib borilayotgan giyohvandlikka qarshi kurash siyosatini qo'llab-quvvatlaydi hamda talabalar orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarni kuchaytirish, yoshlarni turli tahdidlardan himoya qilish borasidagi ishlarni izchil davom ettiradi.

Sog'lom jamiyat — xavfsiz va farovon kelajak garovidir.

Umedjanova Malika Lukmanovna,
Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor