Yangi O‘zbekistonni barpo etishda aynan yoshlar hal qiluvchi kuch hisoblanadi. Shu bois biz ham Prezidentimiz bildirgan ishonchni oqlab, Vatanga sadoqat bilan xizmat qiladigan, yuksak ma’naviyatli, raqobatbardosh va intellektual salohiyatga ega avlod bo‘lishimiz kerak. Zero, bugun yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar — ertangi kunimizning mustahkam poydevori, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining eng muhim kafolatidir.
Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu ochiq muloqot esa har bir yosh qalbida yangi marralarni zabt etish, Vatan ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan mehnat qilish va Prezidentimiz ishonchini oqlashga bo‘lgan qat’iy intilishni yanada mustahkamladi.
Nurullayev Firuz Fayzilloyevich,
Buxoro davlat pedagogika instituti Registrator ofisi ma’lumotlar bazasi bo‘limi menejeri.

