

Buxoro davlat pedagogika instituti "TalabaExpo–2026" nufuzli kasb ko‘rgazmasida o‘zining maxsus ko‘rgazma stendi bilan faol ishtirok etadi. Ko‘rgazma davomida institut bitiruvchi talabalar, yosh mutaxassislar va tashrif buyuruvchilar uchun ta’lim, bandlik va kasbiy rivojlanishga oid mavjud imkoniyatlarni namoyish etadi.
Tadbir davomida ishtirokchilar:
bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot dasturlari bilan tanishadi;
nufuzli ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qiladi;
tadbirkorlik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida ma'lumot oladi;
kasbiy rivojlanish va bandlik bo‘yicha mutaxassislar tavsiyalaridan foydalanadi.
Mazkur ko‘rgazma yoshlarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim muassasalari, ish beruvchilar va hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Buxoro davlat universiteti Universal sport majmuasi (I. Karimov ko‘chasi, 45-uy)
2026-yil 21-iyul
09:00 – 17:00
Buxoro davlat pedagogika instituti barcha bitiruvchilar, talabalar va yoshlarni "TalabaExpo–2026 Buxoro" kasb ko‘rgazmasida tashrif buyurishga chorlaydi.