Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin!
shape
shape

Raqamli ta`lim texnologiyalar markazi

0 (365) 226-10-97 Bosh bino 125-xona

Raqamli ta`lim texnologiyalar markazi

Team

BAXROM ISOQOV

Texnik qo'llab quvvatlash bo`limi Kompyuter zal mudiri
Team

MIRZO RAXMATOV

Texnik qo'llab quvvatlash bo'limi 1- toifali muhandis-dasturchi
Team

JAHONGIR BESHIMOV

Tarmoqlarni boshqarish bo'limi Tarmoq administratori
Team

SHAHZOD BESHIMOV

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi Kontent menedjeri
Team

SHOKIROV SHERZOD SHAVKAT O‘G‘LI

Raqamli ta`lim texnologiyalari markazi Veb-dizayneri
Team

SHUXRATJON SAFOYEV

Raqamli ta'lim texnalogiyalari joriy etish bo`limi 1- toifali muhandis - dasturchi
Team

SHAXZODBEK UMEDOV

Raqamli ta`lim texnologiyalarini joriy etish bo`limi Tizim administratori
Raqamli ta`lim texnologiyalar markazi

Bo‘linma faoliyati haqida:

         Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi Buxoro davlat pedagogika instituti bosh binosi 1-qavat 125-xonasida joylashgan. Markaz 2021-yildan boshlab o‘z faoliyatini olib bormoqda va quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan:

  1. Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi;
  2. Raqamli ta’lim texnologiyalari joriy etish bo‘limi;
  3. Texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi;
  4. Tarmoqlarni boshqarish.

Markazning asosiy vazifalari:

  • Raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqish va joriy etish.
  • O‘quv materiallarini raqamlashtirish (video darslar, elektron darsliklar, testlar).
  • Interaktiv ta’lim vositalarini ishlab chiqish (mobil ilovalar, simulyatorlar).
  • O‘qituvchilar va talabalarning raqamli savodxonligini oshirish.
  • O‘qituvchilar uchun raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish.
  • Talabalar uchun IT va raqamli vositalardan samarali foydalanish bo‘yicha seminar va treninglar.
  • Elektron jurnal, elektron kundalik va reyting tizimlarini yaratish va yuritish.
  • Talabalar va o‘qituvchilar uchun shaxsiy kabinet tizimlarini joriy etish.
  • Statistik ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va vizualizatsiya qilish.
  • Axborot xavfsizligini ta’minlash.
  • Ta’lim muassasasidagi raqamli tizimlarning xavfsizligini ta’minlash.
  • Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish.
  • Internet xizmati va kompyuterlarga operatsion tizim o‘rnatish va yangilash.
  • Test jarayonlarini tashkil qilish va boshqarish.
  • Raqamli kontentlar bilan ishlash.
  • Dasturiy ta’minotlarni yangilash va optimallashtirish.
  • Institutda elektron pochta tizimidan samarali foydalanishni ta’minlash.
  • Veb tizimlarning dizaynini ishlab chiqish yoki yangilash, foydalanuvchi interfeysi va navigatsiyasini yaratish, vizual to‘ldirilishni loyihalash.
  • Rasmiy veb-saytda eʼlon qilingan barcha hujjatlar va maʼlumotlarni ko‘rib chiqish, saytdan foydalanishning umumiy kontseptsiyasi va qoidalariga mos kelmaydigan maʼlumotlarni o‘chirish va tahrir qilish.
  • Taʼlim tizimi jarayoni ehtiyojini inobatga olgan holda yangi dasturiy tizimlarni o‘rnatish va foydalanishga o‘rgatish.
  • OTM kompyuter zaxirasini zamonaviy kompyuterlar hisobiga oshirish va mavjud kompyuterlarni takomillashtirib borish
  1. Ilmiy, o‘quv-uslubiy va boshqa yutuqlar:

Institutut tarkibidagi har bir bo‘limalarni raqamlashtirish maqsadida quyidagi tizimlar yaratilib, institut reytingini yuqori cho‘qqilarga olib chiqmoqda.

  • buxdpi.uz Buxoro davlat pedagogika instituti rasmiy veb-sayti to‘liqligicha yangilandi, telegram instagram, youtube kanallari bilan integratsiya qilindi.
  • ttj.buxdpi.uz Buxoro davlat pedagogika instituti talabalar turarjoyi ish faoliyati avtomatlashtirildi.
  • uquv.buxdpi.uz Buxoro davlat pedagogika instituti o‘quv bo‘limi ish faoliyati qisman avtomatlashtirildi.
  • amaliyot.buxdpi.uz Buxoro davlat pedagogika instituti yuqori kurs talabalari amaliyot joylariga o‘z vaqtida bo‘lganliklarini FACE-ID tizimi orqali tasdiqlash va bu tasdiqni amaliyot rahbari hamda rahbariyatga ma’lum qilish tizimi
  • camera.buxdpi.uz Buxoro davlat pedagogika instituti 1-kurs  talabalarining  yakuniy  nazoratlari onlayn  translatsiya  qilindi. Ushbu  saytdan  ota-onalar  farzandlarini onlayn kuzatishlari mumkin.
  • kengash.buxdpi.uz Buxoro davlat pedagogika instituti rasmiy ilmiy kengashi tomonidan olib boriladigan turli masalalar bo‘yicha maxfiy ovoz berish, tanlov jarayonini avtomatlashtirish tizimi.
  • hr.buxdpi.uz Buxoro davlat pedagogika instituti bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha e’lon berish, arizalarni qabul qilish veb sahifasi.
  • test.buxdpi.uz Buxoro davlat pedagogika instituti talabalarining bilimlarini baholash tizimi, tizimda besh xil turdagi test sinovlarini olish imkoniyati bor.
  • Olimpiada.buxdpi.uz Buxoro viloyat maktablari orasida olimpiadani tashkil etish, ishtirokchilardan arizalarni qabul qilish va ular haqida ma’lumot beruvchi taqsimlovchi tizim.
  • sport.buxdpi.uz  Buxoro davlat pedagogika institutida sportni rivojlantirish, talabalarni sport mashg‘ulotlariga yozilishlari hamda sport to‘garaklarida iqtidorli talabalarni tayyorlash tizimlari raqamlashtirilib kelinmoqda. 2025-yil mart oyida ushbu tizim raqamlashtirildi hozirgi vaqtda 5457- nafar foydalnuvchi foydalanib kelmoqda.
  1. So‘nggi yangiliklar, tadbir va e’lonlar:
  • Institutdagi axborot xavfsizligiga bo‘ladigan hujumlarning oldini olish va xodimlarning kiberxavfsizlik savodxonligini oshirish maqsadida institutning rasmiy veb saytiga doimiy ravishda kiberxavfsizlik to‘g‘risidagi yangilik va e’lonlar doimiy ravishda taqdim etib boriladi.