 
                                    
                                 
                                    
                                 
   
  































 
                Buxoro davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim fakultetida ikkita kafedra faoliyat olib bormoqda. Fakultetda jami 1037 nafar talaba tahsil oladi. Shulardan 608 nafar talaba kunduzgi, 229 nafar talaba kechki.
Boshlangʻich ta’lim kafedrasida 2023-2024 oʻquv yilida jami 35 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat yuritib kelmoqda, shu jumladan, ularning 2 nafari: M.J. Saidova, F.M.Qosimov professor 11 nafari M.M.Tilavova, F.S. Safarov, U.S.Amonov, N.B.Adizova, N.B.Adizova, X.A.Xaitov O.Sh.Ahmadov, F.N.Abdullayeva, N.O.Safarova, M.H.Hakimova, S.R. Akramova– dotsent va fan nomzodlari. Kafedraning salohiyati 31 % ga teng. 22 nafar professor-oʻqituvchilar ham ilmiy daraja olish uchun dissertatsiya mavzularini OAK byulleteniga chiqarganlar. Yanvar oyida kafedraning 4ta professor-oʻqituvchilarining himoyasi kutilmoqda. Yaqin kunlarda kafedra ilmiy salohiyati 50 % chiqadi.
Ta'lim yo'nalishlari:
60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarida amalga oshiriladi.
Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.
Pedagogik faoliyatida:
Kunduzgi ta’lim shaklida taxsil oluvchi talabalarning 4+2 tartibdagi malakaviy amaliyoti 3-8 semestrlarda amalga oshiriladi. Bunda xaftaning 4 kunida nazariy va amaliy ta’lim, 2 kunda amaliyot o‘tkaziladi.
60110500-Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi uchun ajratilgan o‘quv fanlari, bloklar bo‘yicha o‘quv yuklamalari:
| O‘quv fanlari bloklari va faoliyat turlarining nomlari | Kunduzgi ta’lim shakli uchun fanlarga ajratilgan soat | Kunduzgi ta’lim shaklida ajratilgan kredit | 
| Majburiy fanlar | 4680 | 156 | 
| Tanlov fanlari | 1440 | 48 | 
| Malakaviy amaliyot | 1080 | 36 | 
| jami | 7200 | 240 | 
60110500-Boshlang‘ich ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim dasturining tuzilishi:
| Fanning malakaviy kodi | O‘quv fanlari, bloklar va faoliyat turlarining nomlari | Umumiy yuklama hajmi (kredit) | Umumiy yuklama hajmi (kredit) | semestri | 
| 
 | Majburiy blok | 4680 | 156 | 
 | 
| UmPsix108 | Umumiy psixologiya | 300 | 10 | 1,2 | 
| OTO'SUO'M106 | Ona tili – o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi | 660 | 22 | 2-6 | 
| MUO'M106 | Matematika va uni o‘qitish metodikasi | 690 | 23 | 2-6 | 
| O'EYT105 | O‘zbekistonning eng yangi tarixi | 150 | 5 | 1 | 
| MSVAX104 | Mediasavodxonlik va axborot madaniyati | 150 | 5 | 1 | 
| MK 108 | Mutaxassislikka kirish | 300 | 10 | 1,2 | 
| BTTar106 | Boshlang‘ich ta’limda tarbiya fani | 150 | 5 | 1 | 
| O'RT107 | Amaliy o‘zbek (rus) tili. | 180 | 6 | 2 | 
| FALMAD104 | Falsafa | 120 | 4 | 1 | 
| InkT.GP204 | Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika | 120 | 4 | 3 | 
| PED208 | Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi | 240 | 8 | 3,4 | 
| TexTUO'M208 | Texnologiya ta’limi va uni o‘qitish metodikasi | 240 | 8 | 3,4 | 
| Din304 | Dinshunoslik | 120 | 4 | 4 | 
| TFNM308 | Tabiiy fanlar nazariyasi va metodikasi | 240 | 8 | 5,6 | 
| BA407 | Bolalar adabiyoti | 270 | 9 | 7,8 | 
| ENMS402 | Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika | 240 | 8 | 7,8 | 
| BTIVI405 | Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya va integratsiya | 120 | 4 | 7 | 
| PedMah404 | Pedagogik maxorat | 150 | 5 | 7 | 
| U24188479 | Uzluksiz ta’limdagi tendensiyalar va zamonaviy yondashuvlar | 120 | 4 | 8 | 
| JTNVM403 | Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi | 120 | 4 | 8 | 
| 
 | Tanlov fanlar | 1440 | 48 | 
 | 
| 
 | Amaliyotlar | 1080 | 36 | 
 | 
| 
 | JAMI | 7200 | 240 | 
 | 
Boshlang‘ich ta’lim kafedrasida 70110501 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladilar..
Magistraturada o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi.
Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil.
Magistratura o‘quv dasturining hajmi ta’lim shakli (kunduzgi), foydalaniladigan ta’lim texnologiyalaridan qat’iy nazar 120 kredit birligini tashkil etadi.
Bir o‘quv yili uchun magistratura ta’lim dasturining xajmi 60 kreditni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi 5117-son qaroriga ko‘ra, 70110501 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi magistraturasida o‘qish uchun kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etiladi.
Talabalar umumiy va kasbiy kompetensiyalar, bilim va ko‘nikmalarni egallashi o‘quv rejasiga mantiqiy ketma-ketligida kiritiladigan majburiy va tanlov fanlarini o‘zlashtirish hamda boshqa o‘quv mashg‘ulot va akademik vazifalarni bajarish yordamida amalga oshiriladi.
Majburiy fanlar – magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bevosita umumiy va kasbiy kompetensiyalarni egallashga qaratilgan, zarur tayanch bilim va ko‘nikmalarni ta’minlaydigan fanlar majmuasidir.
Tanlov fanlari – magistratura mutaxassisligi doirasida ixtisoslashuvdan kelib chiqib chuqurlashtirilgan, qo‘shimcha bilim berish, bevosita ixtisosligi uchun zarur kompetensiyalarni kengaytirishga xizmat qiladigan, shuningdek, qo‘shimcha kvalifikatsiya olishga xizmat qiladigan, talabaning shaxsiy qiziqishlari, ijodiy yondashuvlari va iqtidorini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fanlar majmuasidir.
| O‘quv fanlari bloklari va faoliyat turlarining nomlari | Fanlarga ajratilgan soat | Fanlarga ajratilgan kredit miqdori | 
| Majburiy fanlar | 840 | 28 | 
| Tanlov fanlari | 960 | 32 | 
| Ilmiy faoliyat | 1800 | 60 | 
| Jami | 3600 | 120 | 
70110501- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim) magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim dasturining tuzilishi
| T.r. | Fanlar bloklari va bloklarining nomlari | Umumiy yuklamaning hajmi, | Umumiy yuklamaning hajmi, | 
| soatlarda | kredit | ||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 
| 1.00. | Majburiy fanlar | 840 | 28 | 
| 1.01. | Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta’lim tizimidagi islohotlar | 150 | 5 | 
| 1.02. | Ilmiy tadqiqot metodologiyasi | 150 | 5 | 
| 1.03. | Boshlang‘ich ta’lim fanlari nazariyasi | 150 | 5 | 
| 1.04. | Kasbiy ma’naviyat | 90 | 3 | 
| 1.05. | Mutaxassislik fanlarni o‘qitish metodikasi | 150 | 5 | 
| 1.06. | Pedagogik kompetentlik | 150 | 5 | 
| 2.00. | Tanlov fanlar | 960 | 32 | 
| 3.00. | Ilmiy faoliyat | 1800 | 60 | 
| 
 | JAMI | 3600 | 120 | 
Boshlangʻich ta’lim kafedrasida 2023-2024 oʻquv yilida jami 17 ta to‘garak faoliyat yuritadi. To‘garaklarda talabalarimiz o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazadilar. To‘garaklar oyda ikki kun taskillashtiriladi. To’garakdan lavhalar institut va fakultet saytlariga yoritib boriladi.
| 
 | Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi | |||||
| T/r | To‘garak nomi | O‘tkazish joyi | Kuni,vaqti | Ilmiy to‘garakka ishtirok etuvchilar soni | Mas’ul o‘qituvchi | 
 | 
| 1. | Qiziqarli matematika | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti binosi | Har oyning ikkinchi, to‘rtinchi payshanbasi, 14:00 da 
 | 15 nafar | dotsent M.M.Qosimova 
 | 
 | 
| 2. | Matematik uslubshunoslar | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti binosi | Har oyning birinchi, uchinchi chorshanbasi, 13:30 da 
 | 18 nafar | p.f.n. professor, F.M.Qosimov | 
 | 
| 3. | Yosh metodistlar | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti binosi | Har oyning ikkinchi, to‘rtinchi chorshanbasi, 15:00 da 
 | 16 nafar | f.f.b.f.d., (PhD) dotsent N.B.Adizova f.f.b.f.d.,(PhD) dotsent N.B.Adizova 
 | 
 | 
| 4. | Yosh matematikcha | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti binosi | Har oyning birinchi, uchinchi payshanbasi, 14:00 da 
 | 15 nafar | dotsent G.E.Saidova | 
 | 
| 5. | Yosh tabiatshunoslar | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti binosi | Har oyning birinchi, uchinchi payshanbasi, 13:30da 
 | 15 nafar | f.f.b.f.d., (PhD) dotsent F.N.Abdullayeva 
 | 
 | 
| 6. | Весёлая грамматика | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti binosi | Har oyning ikkinchi, to‘rtinchi seshanbasi, 11:30da 
 | 15 nafar | o‘qituvchi M.A.Ro‘ziyeva | 
 | 
| 7. | Boshlang‘ich ta’limda xalqaro tadqiqotlar | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti binosi | Har oyning ikkinchi, to‘rtinchi dushanbasi, 13:30 da 
 | 25 nafar | o‘qituvchi D.N.Xayrullayeva | 
 | 
| 8. | Abdurauf Fitrat izdoshlari | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti binosi, 2-qavat 207 | Har oyning ikkinchi, to‘rtinchi chorshanbasi, 15:00 da 
 | 21 nafar | o‘qituvchi G.X.Shodiyeva 
 | 
 | 
| 9. | Alfa | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti, 2- qavat 205-xona | Har oyning juma soat 13:30 | 23 nafar | L.T.Ochilova | 
 | 
| 10. | Yosh pedagoglar | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti, 2- qavat 205-xona | Har oyning ikkinchi va to‘rtinchi haftasi, dushanba va payshanba kunlari, soat-12-00 | 20 nafar | O.Sh.Ahmadov | 
 | 
| 11. | Tahlil va talqin | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti, 2- qavat 205-xona | Har oyning 2 - chorshanba soat-11-00 | 20 nafar | U.S.Amonov | 
 | 
| 12. | Adabiyot sarchashmasi | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti 205-xona | Har oyning 1 -payshanba soat-11-00 | 15 nafar | G.Y.Kurbanova | 
 | 
| 13. | Mental arifmetika | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti, 2- qavat 205-xona | Har oyning 2 -payshanba soat-11-00 | 20 nafar | L.Ch.Rajabova | 
 | 
| 14. | English club | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti, 3- qavat 306-xona | Dushanba,seshanba, juma soat 13:30 | 15 nafar | N.M.Raximova 
 | 
 | 
| 15. | Afifa | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti binosi, 209-xona | Har oyning ikkinchi, to‘rtinchi payshanbasi, 13:30 da 
 | 20 nafar | f.f.b.f.d., (PhD) S.R.Akramova | 
 | 
| 16 | “Yosh texnologlar” | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti binosi 207-xona | Har oyning ikkinchi, to‘rtinchi dushanbasi, 13:30 da 
 | 20 nafar | D.R.Jo‘rayeva | 
 | 
| 17 | “Mohir qo‘llar” | Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti, 2- qavat | Har oyning ikkinchi, to‘rtinchi chorshanbasi, 13:30 da 
 | 20 nafar | katta o‘qituvchi, M.J.Xaydarova | 
 |