(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz Buxoro shahar Piridastgir ko`chasi 2-uy
shape
shape

“Kelajakka qadam” dasturi — yoshlar va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar

“Kelajakka qadam” dasturi — yoshlar va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar

“Kelajakka qadam” dasturi — yoshlar va bitiruvchilar uchun yangi imkoniyatlar

🎓 Yoshlar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida turli yo‘nalishlarda moliyaviy yordam va imtiyozli kreditlar taqdim etilmoqda.

Dastur orqali o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish, kasb-hunar egallash, malakasini oshirish hamda xorijda ta’lim va tajriba orttirishni rejalashtirayotgan yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan.

Dastur yo‘nalishlari:

  • 💼 “Tadbirkorlikka ilk qadam”
  • 🚀 “Biznes start”
  • 📈 “Biznes progress”
  • 🎓 “Talaba invest”
  • 🛠 “Mening birinchi kasbim”

Dastur doirasida siz quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lasiz:

  • ✅ O‘z biznesingizni boshlash va rivojlantirish;
  • ✅ Kasb-hunar egallash hamda malakangizni oshirish;
  • ✅ Yangi ish o‘rinlarini yaratish;
  • ✅ Xorijda ta’lim olish va amaliy tajriba orttirish.

💡 Agar sizda istiqbolli g‘oya bo‘lsa, uni amalga oshirish uchun “Kelajakka qadam” dasturidan foydalaning.

📌 Batafsil ma’lumot: https://nbu.uz/kichik-biznes/kreditlar/yangi-kelajakka-qadam-kreditlari

📞 Murojaat uchun: (78) 148 00 10