

Prezident qaroriga muvofiq, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida talaba va yoshlarning biznes g‘oyalari hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun yillik 15% stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi.
🏦 O‘zmilliybank orqali:
▪️ biznesga ilk qadam qo‘ymoqchi bo‘lgan talaba va yoshlarga — 20 mln so‘mgacha;
▪️ mustaqil biznes boshlash istagidagi talaba va yoshlarga — 300 mln so‘mgacha;
▪️ faoliyatini kengaytirishni rejalashtirayotgan yosh tadbirkorlarga — 2 mlrd so‘mgacha;
▪️ talaba va yoshlarni ish bilan ta’minlayotgan tadbirkorlik subyektlariga — 10 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratiladi.
🚀 Talaba va yoshlar uchun yillik 15% stavkada imtiyozli kreditlar!
🎓 Shuningdek:
▪️ talabalar biznes loyihalari qo‘llab-quvvatlanadi;
▪️ amaliyot va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari yaratiladi;
▪️ startap loyihalar uchun qo‘shimcha moliyaviy ko‘mak beriladi.
📍 Kelajakka qadam — g‘oyangizni biznesga aylantirish imkoniyati!