

Bugun jahonning eng rivojlangan mamlakatlari O'zbekistonga hurmat, do'stlik va o'zaro yanada yaxshiroq anglashilish istagi bilan kelgan. Jumladan, 16-18-iyun kunlari bo'lib o'tayotgan Toshkent Xalqaro investitsiyalar forumida 8 316 nafardan ziyod ishtirokchi ro'yxatdan o'tganligi — mutlaq rekord ko'rsatkichdir! Dunyoning 100 ta mamlakatidan 3 423 nafar xorijiy delegat hamda 62 ta hukumat delegatsiyasi tashrif buyurganligi ham bugun mamlakatimizning dunyo xaritasida alohida qimmatga va ahamiyatga ega zamonaviy davlat sifatida namoyon bo'layotganligiga eng sodda va yorqin dalildir.
Umarova Sitora Muxlisovna,
Buxoro davlat pedagogika instituti doktoranti p.f.f.d. (PhD), dotsent