

30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilganini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.
Ushbu uchrashuvda nafaqat bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar sarhisob qilindi, balki kelajak taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari ham belgilab berildi. Eng muhimi, davlatimiz rahbarining har bir fikrida yoshlarga bo‘lgan yuksak ishonch, ularning salohiyatiga bo‘lgan qat’iy e’tiqod va mamlakat kelajagini aynan bilimli, tashabbuskor hamda vatanparvar yoshlar bilan bog‘lash g‘oyasi ustuvor bo‘ldi.
O‘lmasjon Raimov,
Buxoro davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti, Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi.