“Yoshlar — O‘zbekistonning oltin fondi.” Ushbu yuksak e’tirof Prezidentimiz tomonidan aytilgan oddiy ibora emas, balki har bir yoshga bildirilgan ulkan ishonch va mas’uliyatdir. Endi bu ishonchni bilim, tashabbus va fidoyilik bilan oqlash — bizning eng muhim vazifamizdir.
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Prezidentimizning yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti Yangi O‘zbekiston yoshlari uchun yangi istiqbollarni belgilab berdi. Uchrashuv davomida “TOP-100” dasturi, “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi, davlat boshqaruvida yoshlar ishtirokini kengaytirish, ilm-fan, sun’iy intellekt va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator muhim tashabbuslar ilgari surildi.
Nosirova Nodirabegim Nodirovna,
Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti, Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi kotibi.

