

Ayni damda Somoniylar istirohat bog'ida kitob va ma'rifat bayrami davom etmoqda!
Buxoro davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari "Yoshlar tashabbuslari" marafoni doirasida tashkil etilgan Kitobxonlik festivalida faol ishtirok etmoqda.
Festival doirasida kitoblar ko'rgazmasi, zamonaviy va mumtoz adabiyotlar taqdimoti, mutolaa madaniyatini targ'ib etuvchi loyihalar, ijodkorlar bilan uchrashuvlar hamda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilgan. Tadbir maydoni kitobsevar yoshlar, ilm-fan va ma'rifatga intiluvchi ishtirokchilar bilan gavjum.
Kitob inson tafakkurini yuksaltiradi, dunyoqarashini kengaytiradi va ma'naviy kamolot sari yetaklaydi. Shu bois festival nafaqat kitoblar bayrami, balki bilim, ma'naviyat va ma'rifat maskaniga aylangan.
Barcha kitobsevarlarni festivalda faol ishtirok etishga, yangi bilimlar va unutilmas taassurotlarga ega bo'lishga chorlaymiz!