

O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev hamda Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg'armasi rahbari Xayrullo Sattorov Yoshlar festivaliga tashrif buyurib, festival doirasida tashkil etilgan ko'rgazma va taqdimotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shu qatorda, Buxoro davlat pedagogika institutining festivaldagi faoliyati, talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan innovatsion loyihalar, ilmiy ishlanmalar va ijodiy tashabbuslar ham ko'zdan kechirildi. Muloqotlar davomida yoshlarning bilim va salohiyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ'ib etish hamda ularni qo'llab-quvvatlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Mazkur tashrif yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko'lamini yanada kengaytirish, ularning tashabbuslarini rag'batlantirish va kelgusidagi istiqbolli loyihalarni qo'llab-quvvatlash yo'lida muhim qadam bo'ldi.