(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Yoshlar ittifoqi faol a'zolari oromgohda

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Yoshlar ittifoqi faol a'zolari oromgohda

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Yoshlar ittifoqi faol a'zolari oromgohda

Yozgi ta'til davrida bolalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda maroqli hordiq chiqarishlarini ta'minlash maqsadida Buxoro davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqining faol a'zolari Buxoro bolalarni sog'lomlashtirish oromgohida faoliyat olib bormoqda.

Loyihada quyidagi talabalar ishtirok etmoqda:

  • Tillar fakulteti: Muminova Sevinch, Akbarova Mohina
  • Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti: Mustaqimov Husan, Hamidov Behruz
  • Aniq va tabiiy fanlar fakulteti: Jo'rayeva Sevinch, Qayimova Sabina

Loyiha doirasida ular bolalar uchun ma'naviy-ma'rifiy, sport, intellektual va madaniy tadbirlar, ijodiy tanlovlar hamda qiziqarli interaktiv mashg'ulotlarni tashkil etib, yosh avlodning bo'sh vaqtini mazmunli va samarali o'tkazishga munosib hissa qo'shmoqda.

Yoshlar ittifoqining tashabbuskor va fidoyi a'zolari tomonidan amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar bolajonlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, iste'dodini namoyon etish hamda ularning har tomonlama barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishiga xizmat qilmoqda.