(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

🎓 ВЫПУСКНИК–2026 | Незабываемый вечер, когда сбываются мечты!

🎓 ВЫПУСКНИК–2026 | Незабываемый вечер, когда сбываются мечты!

🎓 ВЫПУСКНИК–2026 | Незабываемый вечер, когда сбываются мечты!

     Bugun Buxoro davlat pedagogika institutida bitiruvchilar uchun eng quvonchli va unutilmas lahzalardan biri – tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Yillar davomida egallangan bilim, orttirilgan tajriba va fidokorona mehnatning munosib e’tirofi bo‘lgan ushbu marosim bitiruvchilarning hayotida yangi bosqich sari qo‘yiladigan muhim qadamdir.

     Tadbir davomida bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirilib, ularning erishgan yutuqlari e’tirof etiladi. Shuningdek, bayramona konsert dasturlari va unutilmas lahzalar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashadi.

📍 Manzil: “Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasi
📆 Sana: 26-iyun
⏰ Vaqti: 19:30

     Barcha ustozlar, ota-onalar, bitiruvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlarni ushbu tantanali marosimda ishtirok etishga chorlaymiz.

     BITIRUVCHI–2026 — ezgu orzular sari dadil qadam, yorqin kelajak sari ishonchli yo‘l!