(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

Чемпионат мира — гордость нашего института

Чемпионат мира — гордость нашего института

Чемпионат мира — гордость нашего института

Polsha Respublikasining Varshava shahrida harbiylar o'rtasida o'tkazilgan dzyudo bo'yicha Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi ulkan muvaffaqiyatga erishib, dunyoning kuchli jamoalari orasida faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli musobaqada institutimiz talabasi Farangiz Rejepova ham munosib ishtirok etib, -63 kg vazn toifasida bronza medalni qo'lga kiritdi. Mazkur yutuq sportchimizning mashaqqatli mehnati, qat'iyati va yuksak mahoratining yorqin natijasi bo'lib, yoshlarimiz uchun haqiqiy ibrat namunasi hisoblanadi.

Buxoro davlat pedagogika instituti jamoasi Farangiz Rejepovani ushbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusi musobaqalarda yanada ulkan zafarlar tilaydi.

Yurt bayrog'ini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilayotgan sportchilarimiz bilan faxrlanamiz!