(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

Xalqaro maydonda yana bir munosib natija

Xalqaro maydonda yana bir munosib natija

Xalqaro maydonda yana bir munosib natija

     Buxoro davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi Mironshohmirzo Muzaffarov xalqaro sport maydonida yana bir yuksak natijaga erishdi.

    2026-yil 20–21-iyul kunlari Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida taekvondo WT bo‘yicha G2 toifasidagi nufuzli "Korea Open" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Dunyoning 46 ta davlatidan qariyb 700 nafar sportchi ishtirok etgan musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Buxoro davlat pedagogika instituti talabasi Mironshohmirzo Muzaffarov ham o‘zining yuqori sport mahoratini namoyon etdi.
    Sportchimiz -74 kg vazn toifasida barcha bellashuvlarni muvaffaqiyatli o‘tkazib, qat'iyat, matonat va yuksak mahorati evaziga musobaqaning 🥈kumush medalini qo‘lga kiritdi.

    Mazkur yutuq yosh sportchining tinimsiz mehnati, murabbiylarining fidokorona sa'y-harakatlari hamda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning amaliy natijasidir.