(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

Профессор Бухарского государственного педагогического института награждён нагрудным знаком «Подвижник духовности»

Профессор Бухарского государственного педагогического института награждён нагрудным знаком «Подвижник духовности»

Профессор Бухарского государственного педагогического института награждён нагрудным знаком «Подвижник духовности»

Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor Mohinur Jonpo'latovna Saidova ta'limiy faoliyatni samarali tashkil etish, talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tizimli yo'lga qo'yishdagi munosib hissasi uchun Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbarining 2026-yil 22-maydagi 55-F-sonli buyrug'iga asosan "Ma'naviyat fidoyisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Professor M.J. Saidova ko'p yillardan buyon ilmiy-pedagogik faoliyat bilan bir qatorda ta'lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, talaba-yoshlarning ijodkorlik, mustaqil fikrlash va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish yo'nalishida samarali faoliyat olib bormoqda. Uning rahbarligida talabalarni ijodiy faoliyatga yo'naltirish va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash tizimli ravishda yo'lga qo'yilgan.

Kafedra doirasida professor tashabbusi bilan talaba va magistrantlar tomonidan 4K kompetensiyalari hamda 5E ta'lim modeli asosida innovatsion o'quv-metodik materiallar, QR-kodli interaktiv darsliklar, elektron ta'lim resurslari hamda TIMSS, PIRLS va PISA xalqaro baholash dasturlariga mos topshiriqlar ishlab chiqilib, ta'lim jarayoniga keng joriy etilmoqda. Shuningdek, professor rahbarligida yaratilgan 20 dan ortiq multimedia mahsulotlari xalq ta'limi tizimida ommalashtirilib, o'quv jarayonida samarali qo'llanib kelinmoqda.

Professor M.J. Saidovaning ilmiy-pedagogik faoliyati natijasida 10 ta mualliflik guvohnomasi, 14 dan ortiq darslik va o'quv qo'llanmalar hamda 300 dan ortiq ilmiy maqolalar respublika va xalqaro nashrlarda chop etilgan.

"Ma'naviyat fidoyisi" ko'krak nishoni muborak bo'lsin!