(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

Buxoroda "Eng yaxshi innovatsion loyihalar" tanlovi e'lon qilindi

Buxoroda "Eng yaxshi innovatsion loyihalar" tanlovi e'lon qilindi

Buxoroda "Eng yaxshi innovatsion loyihalar" tanlovi e'lon qilindi

Viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida "Eng yaxshi innovatsion loyihalar" tanlovini e'lon qildi.

Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, innovatsion g'oyalarni qo'llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish loyihalarini aniqlash hamda import o'rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslarni rag'batlantirishdan iborat.

G'oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi:

  • 1-o'rin — noutbuk;
  • 2-o'rin — planshet;
  • 3-o'rin — smartfon.

Loyihalar 2026-yil 20-avgustga qadar BuxoroKSZ2018@umail.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Buxorolik yoshlar tanlovda faol ishtirok etishga chaqirildi.