(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz г. Бухара, улица Пиридастгир, дом 2
shape
shape

Innovatsion g'oyalar va startaplar uchun yangi imkoniyatlar

Innovatsion g'oyalar va startaplar uchun yangi imkoniyatlar

Innovatsion g'oyalar va startaplar uchun yangi imkoniyatlar

Buxoro davlat pedagogika institutida innovatsion g'oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish, yosh founderlarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning investitsion salohiyatini oshirishga qaratilgan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar o'z startap va biznes loyihalarini soha ekspertlariga taqdim etish, investorlar bilan samarali muloqot o'rnatish, investitsiyalarni jalb etish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda loyihalarni rivojlantirish bo'yicha muhim tavsiya va tajribalar bilan tanishdilar.

Uchrashuv mehmonlari:

  • Omadbek Orifjonov — Yoshlar Ventures vakili. U barcha yo'nalishlardagi startap va biznes loyihalarini rivojlantirish, angel investorlarni jalb etish hamda investorlar bilan samarali ishlash mexanizmlari yuzasidan o'z tavsiyalari bilan o'rtoqlashdi.
  • To'lqin Aliqulov — O'zbekiston Respublikasi Turizm qo'mitasi vakili. U turizm, tibbiy turizm va HoReCa (mehmonxona, restoran va kafe) yo'nalishlaridagi innovatsion loyihalar istiqbollari, ularni tijoratlashtirish hamda sohadagi mavjud imkoniyatlar haqida ma'lumot berdi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning innovatsion fikrlashini qo'llab-quvvatlash, istiqbolli startaplarni rivojlantirish va ularni investorlarga bog'lash yo'lida muhim muloqot maydoniga aylandi.