(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

The defense of graduation qualification works was successfully held

  • Home
  • Graduates
  • The defense of graduation qualification works was successfully held
The defense of graduation qualification works was successfully held

The defense of graduation qualification works was successfully held

Buxoro davlat pedagogika institutining Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'lim yo'nalishi bitiruvchilari tomonidan bitiruv malakaviy ishlarining himoya jarayonlari yuqori saviyada tashkil etildi.

Himoya davomida bitiruvchilar o'zlarining ilmiy izlanishlari, amaliy loyihalari va ijodiy ishlanmalarini taqdim etib, ta'lim jarayonida egallagan nazariy bilim va kasbiy ko'nikmalarini namoyish etdilar. Taqdim etilgan ishlarda sohaning dolzarb masalalariga qaratilgan innovatsion yondashuvlar, metodik tavsiyalar hamda amaliy yechimlar o'z aksini topdi. Jarayon ochiqlik, shaffoflik va xolislik tamoyillari asosida tashkil etilib, bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalari, ijodiy salohiyati va mustaqil fikrlash qobiliyati munosib baholandi.

Barcha bitiruvchilarni bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilganliklari bilan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!