(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

Magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimiga tayyorgarlik yakuniy bosqichda

  • Home
  • Graduates
  • Magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimiga tayyorgarlik yakuniy bosqichda
Magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimiga tayyorgarlik yakuniy bosqichda

Magistratura bitiruvchilariga diplom topshirish marosimiga tayyorgarlik yakuniy bosqichda

Xabar berganimizdek, Buxoro davlat pedagogika institutining "Yoshlar bog'i" hududida 2026-yil magistratura bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimiga qizg'in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Ayni damda tadbir o'tkaziladigan maskanda sahna va fotohududlar bezatilmoqda, tantanali marosim uchun zamonaviy dekoratsiyalar, yoritish va ovoz uskunalari o'rnatilmoqda hamda bayramona muhit yaratish ishlari yakuniy bosqichga yetkazilmoqda.

Mazkur tantanali oqshom magistratura bitiruvchilarining ko'p yillik mehnati va erishgan yutuqlarini munosib e'tirof etish, ularga diplomlarni tantanali ravishda topshirish hamda unutilmas lahzalarni tuhfa etishga xizmat qiladi.

Barchangizni ushbu unutilmas tantanada ishtirok etishga chorlaymiz!

Manzil: Buxoro davlat pedagogika instituti "Yoshlar bog'i"
Sana: 22-iyul
Vaqti: 19:30