(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

🎓 An open dialogue with graduating youth was organized

  • Home
  • Graduates
  • 🎓 An open dialogue with graduating youth was organized
🎓 An open dialogue with graduating youth was organized

🎓 An open dialogue with graduating youth was organized

Yoshlar oyligi doirasida Buxoro davlat pedagogika institutida Qorako'l tumani hokimi Xurshid Yaxyoevich Tohirov hamda tuman tashkilot va korxonalari rahbarlari ishtirokida bitiruvchi talabalar bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad:

  • bitiruvchi yoshlarning bandligini ta'minlash,
  • ularni munosib ish o'rinlariga yo'naltirish,
  • kasbiy faoliyatga tayyorlash,
  • yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlashdan iborat bo'ldi.

Muloqot davomida talabalar ishga joylashish imkoniyatlari, mehnat faoliyatini boshlash, tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Bildirilgan taklif va tashabbuslar atroflicha muhokama qilinib, ularga amaliy tavsiyalar berildi.

Qorako'l tumani hokimi hamda mutasaddi rahbarlar tomonidan yoshlarning murojaatlariga alohida e'tibor qaratilib, har bir savolga asosli javoblar berildi. Shuningdek, yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning bilim va salohiyatini ro'yobga chiqarish hamda bandligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.

Mazkur uchrashuv yoshlar va rahbarlar o'rtasidagi samarali muloqotni yanada mustahkamlash, bitiruvchilarning kelgusi faoliyati uchun muhim tavsiyalar berish hamda ularning tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etish yo'lida muhim qadam bo'ldi.