(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

Magistratura bitiruvchilari sharaflanadigan tantanali oqshom!

  • Home
  • Graduates
  • Magistratura bitiruvchilari sharaflanadigan tantanali oqshom!
Magistratura bitiruvchilari sharaflanadigan tantanali oqshom!

Magistratura bitiruvchilari sharaflanadigan tantanali oqshom!

     Buxoro davlat pedagogika institutida ko‘p yillik izlanish, ilmiy izchillik va mashaqqatli mehnatning yorqin yakuni - magistratura bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tadi.

    Mazkur unutilmas oqshomda o‘z bilim va salohiyati bilan yuksak natijalarga erishgan magistrlar e'tirof etilib, ularning yangi hayot bosqichiga qo‘ygan dadil qadamlari tantanali ruhda nishonlanadi.

     Shu bilan birga, institut hayotidagi yana bir muhim voqea - zamonaviy "Yoshlar bog‘i"ning tantanali ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tadi. Endilikda ushbu maskan talaba-yoshlarning bilim olishi, ijod qilishi, muloqot va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishi uchun yangi ilhom va imkoniyatlar maydoniga aylanadi.

     Bitiruv quvonchi, yangi maskan va yangi imkoniyatlar uyg‘unlashgan ushbu tantanali bayramga professor-o‘qituvchilar, bitiruvchilar, ota-onalar hamda keng jamoatchilikni taklif etamiz!

     Buxoro davlat pedagogika instituti "Yoshlar bog‘i"

     23-iyul
     Soat 19:30