(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

An important step towards improving education quality at Bukhara State Pedagogical Institute: a visit by representatives of the National Agency for Ensuring Education Quality for the purpose of special accreditation

  • Home
  • Scientific and innovative developments
  • An important step towards improving education quality at Bukhara State Pedagogical Institute: a visit by representatives of the National Agency for Ensuring Education Quality for the purpose of special accreditation
An important step towards improving education quality at Bukhara State Pedagogical Institute: a visit by representatives of the National Agency for Ensuring Education Quality for the purpose of special accreditation

An important step towards improving education quality at Bukhara State Pedagogical Institute: a visit by representatives of the National Agency for Ensuring Education Quality for the purpose of special accreditation

Buxoro davlat pedagogika instituti ta'lim tizimini xalqaro va milliy standartlarga muvofiqlashtirish hamda ta'lim sifatini kafolatlash maqsadida ilk bor muhim strategik bosqichni boshladi. Bugun, 2026-yil 8-iyun kuni institutga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligining nufuzli ekspertlar guruhi tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy maqsadi institutda yangi ochilishi rejalashtirilgan "Axborot tizimlari va texnologiyalari" hamda "Sun'iy intellekt" ta'lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o'tkazishdan iborat. Bu jarayon institutning yangi ta'lim yo'nalishlari va ilg'or ta'lim dasturlarini ochish bo'yicha amalga oshirayotgan islohotlarining huquqiy va sifat jihatidan mustahkamlanishini anglatadi.

Ekspertlar guruhi tarkibidan Axborot tizimlari va texnologiyalari, sun'iy intellekt hamda ta'lim sohalari bo'yicha tajribali xalqaro va mahalliy mutaxassislar joy olgan bo'lib, ular institutning o'quv dasturlari, moddiy-texnik bazasi, professor-o'qituvchilar salohiyati hamda raqamli ta'lim muhitini ta'lim sifatini ta'minlashning eng yuqori mezonlari asosida kompleks baholashmoqda.

Tashrif dasturi doirasida institut rahbariyati, kadrlar buyurtmachilari va soha mas'ullari bilan o'tkazilgan muloqotlarda:

  • yangi dasturlarning dolzarbligi;
  • bozor talablari bilan uyg'unligi;
  • sifatli kadrlar tayyorlash salohiyati atroflicha muhokama qilindi.

Ushbu akkreditatsiya jarayoni institutning zamonaviy va raqobatbardosh ta'lim dasturlarini rivojlantirish yo'lidagi qat'iy siyosatini hamda bitiruvchilarning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun yaratilgan mustahkam poydevorni namoyon etadi.