(365) 226-10-97 buxdpi@buxdpi.uz 2 Piridastgir Street, Bukhara City
shape
shape

Startap tashabbuslari — innovatsion taraqqiyotning muhim omili

Startap tashabbuslari — innovatsion taraqqiyotning muhim omili

Startap tashabbuslari — innovatsion taraqqiyotning muhim omili

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida Buxoro davlat pedagogika institutida yoshlarning innovatsion salohiyatini ro'yobga chiqarish, ularning startap tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash hamda ilmiy g'oyalarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirni Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i O. Sobirov olib bordi. Uchrashuvda professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar va startap tashabbusiga ega yoshlarni "aql markazlari" faoliyatiga keng jalb etish, innovatsion g'oyalarni tijoratlashtirish, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, mehnat unumdorligini oshirish, energiya samaradorligini ta'minlash, ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish, yangi ish o'rinlarini yaratish va aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladigan startap loyihalarini ishlab chiqishning dolzarb jihatlariga alohida e'tibor qaratildi.

Mazkur tadbir yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, ilmiy ishlanmalarni amaliy natijaga aylantirish hamda startap ekotizimini yanada takomillashtirish yo'lidagi muhim qadamlardan biri bo'ldi.