

Viloyat sanoat zonalarini boshqarish direksiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida "Eng yaxshi innovatsion loyihalar" tanlovini e'lon qildi.
Tanlovning asosiy maqsadi — yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, innovatsion g'oyalarni qo'llab-quvvatlash, yangi ishlab chiqarish loyihalarini aniqlash hamda import o'rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslarni rag'batlantirishdan iborat.
G'oliblar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi:
Loyihalar 2026-yil 20-avgustga qadar BuxoroKSZ2018@umail.uz elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.
Buxorolik yoshlar tanlovda faol ishtirok etishga chaqirildi.