Tahririy-nashriyot bo‘limi to‘g‘risida – tahririy-nashriyot bo’limida bo'lim rahbariyati boshchiligida istiqbolli mavzular asosida yil, chorak va oy uchun tahririy tayyorlov rejalari ishlab chiqiladi.
Bu jarayonda nashrlar uchun kerakli mualliflar, mavzular va qo'llanmalar rejalashtiriladi. Mavzuli rejaga muvofiq, turli sohalarda maqolalar yoki kitoblar yozuvchi mualliflar tanlanadi.
Shuningdek, mualliflar uchun qo'llanmalar tayyorlanadi va ular baholanadi, mualliflarga tegishli yo'nalishlar beriladi.
Mualliflik nusxalari sifatini nazorat qilinib, matnlarning aniq va to'g'ri bo'lishi ta'minlanadi. Har bir nashrning sifatli bo'lishi uchun matndagi imlo, grammatika va ma'no xatolarini tuzatiladi. Bu jarayonda matnning sifatini oshirish va muammolarni tezda bartaraf etish uchun jamoaning samarali ishlashi ta'minlanadi. Kelib tushgan original maketlar va dastlabki nusxalar sifatini tekshiriladi. Matnlarning poligrafiya ishlab chiqarish uchun tayyor bo'lishi va sifatli chiqarilishiga javobgar bo'lish nazorat qilinadi.
Nashrlarning tahririyatdan ishlab chiqarish jarayonlariga tezroq o'tish uchun muddatlarni qisqartirish ta’minlanadi. Mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish.
Nashrlar chiqarilganidan so'ng, ularning baholanishi, o'quvchilar yoki mutaxassislar tomonidan tahlil qilinishi va natijalariga qarab, kerakli takliflar ishlab chiqilishi ta’minlanadi.
Kitoblar mavzulari bo'yicha muntazam adabiyotlar ehtiyoji o'rganiladi, yangi materiallar to'planadi va soha yangiliklari kuzatib boriladi. Nashrlarni samarali ishlab chiqish va ishlab chiqarishni ta'minlash uchun yangi chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.